Bitta xabar: Instagramdan CRMgacha
Bemor tunda Instagramda shifokor koʻrigi narxini soʻraydi. AI agent narxlar, jadval va qoidalarni tekshirib, 4 soniyada javob beradi va navbat soʻrovini qoldiradi. Mijoz, suhbat va soʻrov CRMga yoziladi. Ertalab qabulxona bemorga qoʻngʻiroq qilib, soʻrovni tasdiqlaydi.
Murojaat keladi
Instagram yozishmalari Livechatga tushadi. Bot javob beradi, oʻzi hal qila olmagan savolni operatorga uzatadi.

Bemor kartasi ochiladi
Telefon, kanal, tashriflar va keyingi navbat bitta kartada. Hech kim qayta soʻramaydi.

Qabulxona navbatni yuritadi
Botdan kelgan soʻrov tasdiqlanmaguncha navbat emas. Qabulxona bir bosishda tasdiqlaydi, bemorga xabar oʻzi boradi.

Vrach qabul qiladi
Bemorni talondagi kod bilan topadi va natija varagʻini darhol ochadi.

Kassa toʻlovni yopadi
Naqd, terminal yoki Click. Toʻlov smena hisobiga yoziladi.

Menejer natijani koʻradi
Kunning raqamlari shu yozuvlardan yigʻiladi, qoʻlda kiritish kerak emas.

Klinikangizda bitta mijoz ham yoʻqolmasin
Maʼlumot qoldiring, oʻzimiz qoʻngʻiroq qilib demo koʻrsatamiz.

